Milinkovich-Savich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

  • 10.07.2023 15:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Latsio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich Saudiyaga yo‘l olishi mumkin. Unga "Al-Hilol" jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Jurnalistning ta’kidlashicha, rimliklar bu transferdan 40 million evro ishlab olishni reja qilgan. Yarim himoyachining o‘zi hali so‘nggi qarorni qabul qilmadi. Unga "Yuventus"dan ham taklif tushgan.

Avvalroq, Messini sotib ololmagan "Al-Hilol" tarkibni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Klub Neymar va Saloh kabi futbolchilarga ham qiziqib ko‘rdi. Ammo Nevishdan tashqari katta transfer amalga oshira olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!