
Millatlar ligasida Rossiya terma jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
Serbiyaning Kralevo shahrida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida millatlar ligasi musobaqasining uchinchi xafta bahslari o‘tkazildi.
Unda, Turkiya va Rossiya uchrashuvi 2-3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Serbiya o‘z parketida Belgiya termasini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilgan mazkur musobaqada Dominikan Respublikasi va AQSh terma jamoalari bahsida 0-3 hisobid qayd etildi. Mezbonlar esa Germaniyaga 2-3 hisobida imoniyatni boy berib qo‘ydi.
Xitoyda o‘tgan Argentina – Italiya o‘yini 0-3 hisobida tugadi. Xitoy esa azaliy raqibi Yaponiyani 3-0 hisobida mag‘lub qildi.
Gollandiyaning Apeldorn shahridagi bahslarda Polsha – Braziliya 0-3, Gollandiya – Janubiy Koreya 3-0 hisoblari qayd etildi.
Fikrlar