
Miranchuk Shomurodovning sobiq jamoasiga boradi
“Atalanta” asosiy tarkibiga kira olmagan Aleksey Miranchuk tez orada Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi – “Jenoa”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Genuya klubini qabul qilib olgan Andrey Shevchenko qishki transferlar vaqtida birinchi bo‘lib rossiyalik legionerni transfer qilmoqchi. Klub rahbariyati ukrainalik mutaxassisga jamoani kuchaytirish uchun mablag‘ ajratishga va’da qilgan.
“Atalanta” rahbariyati Aleksey Miranchuk o‘rniga boshqa futbolchini olishni maqsad qilgan va qishda rossiyalik yarim himoyachini qo‘yib yuborishini ma’lum qilgandi. Miranchukka genuyaliklardan avval “Torino”, “Sassuolo” va “Sampdoriya” vakillari ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Miranchukning o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Bergamo klubini tark etishga tayyor. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan.
Fikrlar