Miraziz Mirzahalilov ham keyingi davraga muvaffaqiyatli yo‘l oldi

  • 20 aprel, 2019, 17:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytga kelib, ikkinchi kunning kechki dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilyapti.

Tecno

Biroz avval terma jamoamizning yana bir vakili Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) ham musobaqadagi ishtirokini boshladi. Osiyo o‘yinlarining g‘olibi hisoblanmish ushbu bokschimiz dastlabki jangni qirg‘izistonlik Almanbek Alibekovga qarshi o‘tkazdi.

Yurtdoshimizning ustunligida o‘tgan jang yakunda hakamlarning ochkosida ham o‘z ifodasini topdi va Mirzahalilov keyingi davraga yo‘l oldi. Yana birozdan so‘ng Shunqor Abdurasulov (-64 kg) hamda Isroil Madrimov (-75 kg) ham ringga chiqishadi, deya xabar bermoqda MOQ. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!