Mirjalol Qosimov jamoasi OChL saralash o‘yinini qaysi stadionda o‘tkazishi ma’lum

  • 11 iyul, 2023, 12:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK Chempionlar ligasi saralash uchrashuvi uchun OKMK sport majmuasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

OFK komissari saralash bahsi oldidan stadionni to‘liq inspeksiya qiladi. Komissarning ijobiy xulosasi OKMK uchun guruh bellashuvlarida ham shu stadiondan foydalanishni kafolatlashi mumkin. Buning uchun, albatta, OKMK guruh bosqichiga ham yo‘l olishi kerak.

Saralashda OKMK 15 avgust kuni O‘monning "As-Siib" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qarama-qarshilik 20:00da start oladi.

P/S. OKMK maydoni rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor. Projektor esa 1 avgustga qadar talab etilgan ko‘rinishga keltiriladi.

photo_2023-07-11_10-36-24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!