Mirjalol Qosimov OKMK boshqaruvida "Paxtakor"ni mag‘lubiyatga uchratdi

  • 21 iyun, 2024, 23:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuv mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Dastlab, Dragan Cheran penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Sentoku imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida Abdumajidov "sherlar"ni oldinga olib chiqdi, lekin ikkinchi bo‘limda so‘nggi daqiqalarda olmaliqliklar 3 ta gol bilan g‘alabani ilib ketdi.

Ushbu g‘alaba olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchun  bosh murabbiy sifatida "Paxtakor" ustidan qozonilgan ilk g‘alaba bo‘ldi. Qosimov shu kunga qadar bosh murabbiy sifatida "Paxtakor" bilan 13 marta to‘qnashib, 10 marta yutqazgan va 3 marotaba durang natija qayd etgan edi.

Ma’lumot uchun, "konchilar" bugungi g‘alabadan so‘ng turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!