Mishel Platini yana katta futbolga qaytmoqchi

  • 05.10.2019 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini yana katta futbolga qaytish uchun kurashmoqchi.

L'Equipe nashrining xabar berishicha Platini Frantsiya futbol federatsiyasi prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlarda o‘z nomzodi bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Aytish lozimki, ushbu saylov 2020 yilda bo‘lib o‘tadi. Hozirda ushbu lavozimda Noel Le Grae faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Platini JCh-2018 hamda JCh-2022 mezbonligini aniqlashda korruptsiyaga aloqador deb topilib, UEFA prezidentligidan ozod etilgan va ma’lum muddatga futboldan diskvalifikatsiya qilingan edi. Uning diskvalifikatsiyasi esa joriy yilning 7 oktyabr kuni tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!