MMA: O‘zbek jangchisi Maxmud Muradov raqibini 3-raundda nokautga uchratdi (foto va video)

CHERY AUTO


Aralash yakkakurash janglarida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik sportchi Maxmud Muradov o‘zining navbatdagi jangini Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazdi.

Tecno

Maxmud Muradov XFN musobaqasi chempionligiga nomzodlik uchun kechgan jangda anchayin kuchli gruziyalik Shota Gvasaliaga (6-2) qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan jangda Maxmud o‘z ustunligini namoyish etib, raqibini 3-raundning o‘zidayoq texnik nokautga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabrda Maxmud braziliyalik David Ramires bilan bo‘lgan qarama-qarshilikda jarohat olib jangni davom ettira olmagan edi. Maxmud shu vaqtgacha 10 marta ringga chiqib, shulardan 7tasini o‘z foydasiga hal qilgan.

Ma’lumot uchun: X Fight Nights MMAning yangi, professional va o‘z-o‘zini moliyalashtiradigan ligasi himoblanadi. XFN arenalarida jahon darajasidagi eng yaxshi jangchilar o‘zaro to‘qnash keladilar. XFN sportda endi porlayotgan yulduzlar ajoyib imkoniyat hamdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!