Modrich: "Hozir shunchaki "Barselona"ni tabriklashimiz kerak"
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (2:5) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Raqibimiz ikki o‘yinda to‘qqizta gol urgani juda yoqimsiz holat. Biz bunga to‘g‘ri javob beramiz, bunga ishonchim komil. Agar biz finalda mag‘lub bo‘lishimiz kerak bo‘lsa, yaxshisi shu final bo‘lsin. Bu futbol: unda ham g‘alaba, ham mag‘lubiyat bor. Bu safar biz yutqazdik. Hozir shunchaki "Barselona"ni tabriklashimiz kerak, chunki ular yaxshiroq o‘ynadi", — dedi xorvatiyalik futbolchi.
39 yoshli Modrich joriy mavsumda "Real" safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar