Modrich "Real"da qoladigan bo‘ldi

  • 14.04.2023 17:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid yarim himoyachisi Luka Modrich keyingi mavsumda ham klubda qoladi. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati bu borada allaqachon bir qarorga kelgan.

Modrichning o‘zi ham Madrid grindi safida qolishni istaydi. Xorvatiyalik futbolchi faoliyatini “Santyago Bernabeu”da yakunlamoqchi va Saudiya Arabistonidan kelgan bir qancha foydali moliyaviy takliflarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli xavbekning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!