Modrich "Real"ga kerak emasmi?

  • 07.03.2020 11:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi rahbariyati yarim himoyachi Luka Modrichga boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 34 yoshli xorvatiyalik futbolchini yozgi transferlar davridayoq sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Modrichni 2012 yil “Tottenxem”dan sotib olgan edi. Shundan buyon Luka madridliklar safida 332 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!