
Modrich Xorvatiya terma jamoasida rekord o‘rnatdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, 32 yoshli futbolchi kecha JCh-2018ning chorak finalida Rossiyaga qarshi o‘yinda jami 102ta pasni amalga oshirdi. Ta’kidlash kerakki, ularning 89 foizi aniq chiqqan.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yuqoridagi ko‘rsatgich Xorvatiya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi yangi rekordi hisoblanadi.
Fikrlar