Mohigul Hamdamova yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etdi

  • 2 sentabr, 2021, 08:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bundan biroz avval para engil atletikaning ayollar o‘rtasida F57 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Mohigul Hamdamova ham ishtirok etdi.

Tecno

Afsuski, sportchimiz 8.42 metr natija bilan 9-o‘rinni egalladi. Bu borada oltin medal jazoirlik Safiya Jalilga nasib etdi. U 11.29 metr natija bilan jahon rekordini o‘rnatgan holda 1-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Mohigul Hamdamova para engil atletikaning disk uloqtirish turida F57 klassida oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!