Mokaev ko‘plab promoushenlar taklifini rad etmoqda

  • 11 avgust, 2024, 17:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Sobiq UFC jangchisi Muhammad Mokaev eng katta promoushenda  jang qilishni hali ham xohlashini isbotlab qo‘ydi.

"Men bilan bog‘langan va taklif bilan chiqqan barcha promoushenlarga rahmat aytaman - Brave FC, Rizin, PFL, Karate Combat, ACA. Menga bo‘lgan ishonch uchun minnatdorman, lekin men jamoam bilan UFC ga qaytishga harakat qilyapman. Qo‘lingizdan kelsa iltimos, yordam bering", – deb yozdi Mokaev X da.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 304" musobaqasida Mokaev(13-0-1 N/C) hakamlarning yakdil qarori bilan Manel Kapeni(19-7) mag‘lub etgandi. Turnirdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida promoushen rahbari Dana Uayt britaniyalik bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!