"Monako" Chili terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Monako” klubi “Alaves” himoyachisi Gilermo Maripan bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqad.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli Chili terma jamoasi a’zosining transferi monakoliklarga 18 mln evroga tushgan.
Ma’lumot uchun, Maripan “Alaves” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar