
Morata nega "Real"dan ketganini aytdi
Londonning “Chelsi” klubi forvardi Alvaro Morata nega o‘tgan yoz “Real”dan ketishga qaror qilgani haqida aytib o‘tdi.
“Real” bu – boshqa sayyora. Men Chempionlar ligasi pley-offidan o‘rin olgan “Barselona”, “Atletiko”, “Sevilya” hamda “Valensiya”ga qarshi muhim bahslarda maydonga tushmadim. Keyin men ketdim. Lekin bu bilan hayot to‘xtab qolgani yo‘q. Men hamon “Real”ga muxlislik qilaman”, - deydi Morata.
Eslatib o‘tamiz, “Real” EChLning 1/8 final bosqichida PSJga qarshi o‘ynaydi, “Chelsi” esa “Barselona” qarshiligini sindirishga harakat qilib ko‘radi.
Fikrlar