Moreno 2024 yil uchun rejalarini oshkor qildi

  • 8 fevral, 2024, 12:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Brandon Moreno shu yil oxirigacha chempionlikni qaytarib olishni kutayotganini aytdi.

Tecno

UFC Royval bilan bo‘lgan jangimiz g‘olibi chempionlik imkoniyatini qo‘lga kiritishiga ishora qilmoqda, ammo ular buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishmaydi. Agar g‘alaba qozonsam, divizionda boshqa da’vogarlar qolmaydi. Manel Kapa va Muhammad Mokaev haqida gapirish mumkin, ammo ikkalasining pozitsiyasi hozircha zaif. Mening rejam – 24 fevral kuni Royvalni mag‘lub etish, keyin esa sentyabrda Meksikadagi turnirda Pantoja bilan jang qilish. Albatta, rejalarim har doim ham men xohlagandek bo‘lavermaydi, lekin men harakat qilaman", — deya Morenoning so‘zlarini keltiradi MMA Mania.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!