Mostovoy: "O‘zbekiston Kannavaroni reklama uchun olib keldi"
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga Fabio Kannavaroning tayinlangani haqida fikr bildirdi.
Mostovoyning fikricha, Kannavaroning taklifini terma jamoaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan strategik qaror sifatida ko‘rish mumkin. U o‘zbek futboli tuzilmasida bunday mashhur nomning paydo bo‘lishi jamoaga qo‘shimcha e’tibor berishini va milliy terma jamoa uchun o‘ziga xos reklama bo‘lishini ta’kidladi.
- Kannavaro - jahon futbolining yuzi. Bu normal holat. Ular uchun bu reklama - faqat shuning uchun O‘zbekiston terma jamoasini ko‘rishadi", - dedi Mostovoy.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasini oktyabr oyida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa allaqachon Quvaytga qarshi o‘yin o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar