Mourin'yo Messining qarori haqida fikr bildirdi

  • 03.09.2026 15:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 38 yoshida Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qarori haqida garirdi.

Mourinyuning taʼkidlashicha, Messi haqida gapirish oson emas, chunki uning futbolchi sifatidagi darajasini toʻliq ifoda etadigan soʻz topish qiyin. Unga koʻra, butun dunyo 38 yoshidagi Messining jahon chempionatida qilgan ishini koʻrdi va bu uning oʻziga xos oʻyinchi ekanini yana bir bor isbotladi.

«U shunday futbolchilar qatoriga kiradiki, ular ketganidan keyin albatta sogʻinib qolasiz. Karyerasining soʻnggi yillaridan bahra olish uchun, rostini aytsam, unchalik yoqtirmasam ham, MLS chempionatidagi bir necha oʻyinlarni koʻrishga toʻgʻri keladi», — dedi murabbiy.

«Baʼzi futbolchilar borki, ular haqida doim sogʻinch bilan gapirishga toʻgʻri keladi. Hammamiz yaxshi bilamiz: soʻnggi yigirma yil davomida Messi bizning avlodimiz uchun nima anglatganini», — deya Mourinyoning soʻzlarini keltiradi Marca nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!