Mourin'yo Vinisiusni daraxtga qiyoslab, o'zbekcha maqol ishlatdi

  • 12.09.2026 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi so‘nggi paytlarda ko‘p tanqidga uchrayapti. «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Vinisius Juniyorga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. 

Jurnalistlar savoliga javob bergan mutaxassis futbolchini mevaga to‘la daraxtga qiyosladi. Uning ta’kidlashicha, Vinisiusning eng yaxshi o‘yini hali oldinda.

«Portugaliyada bir maqol bor – Ispaniyada ham bor-yo‘qligini bilmayman, – u shunday deydi: «Faqat mevasi bor daraxtga tosh otiladi»… Vinisius – mevaga to‘la daraxt. Odamlar esa bu mevaga ega bo‘lishni istagani uchun unga tosh otishadi. Biz hali uning eng yaxshi holatini ko‘ramiz… 

Hozir ma’lumotlar va statistika davri. U o‘zining eng yuqori tezlik ko‘rsatkichlariga juda yaqinlashib qoldi. Yuqori sur’atdagi sprintlar, to‘pni qaytarib olish va raqib maydonining uchdan bir qismida to‘pni qayta egalash bo‘yicha o‘z rekordlarini yangiladi... U albatta shu darajaga chiqadi», – dedi Mourinyo.

Joriy mavsumda Vinisius Juniyor barcha musobaqalar doirasida klub safida beshta o‘yin o‘tkazdi. U bir gol urdi va ikki marotaba hamjamoalarini gol urishga homiylik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!