Mourino Angliyadan yana bir qimmatbaho futbolchini olib keladi

  • 28.09.2021 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourino “Roma” tarkibini kuchaytirish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis avvalgi ish joyi – “Tottenxem”dan Tangi Ndombeleni Rimga olib kelishni istayapti.

Qizig‘i, Mourino London klubida ishlagan davrda “Tottenxem” tarixidagi eng qimmat transfer egasi bo‘lgan bu futbolchi bilan hech chiqisha olmagan.

Endi Jozening shaxsan o‘zi frantsiyalik yarim himoyachini “Roma”ga chorlamoqda. 24 yoshli Tangi Ndobmelega “Milan”, “Yuventus” va “Bavariya”dan ham taklif bo‘lyapti.

Ndombelening “Tottenxem” bilan shartnomasi 2025 yilgacha imzolangan va uning transfer summasi 50 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!