Mourino "Barselona" hujumchisini ko‘zlab qo‘ydi

  • 26 yanvar, 09:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Ansu Fati Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida "AS" nashri xabar bermoqda. 
 
Unga ko‘ra, turkiyaliklar o‘z futbolchisi Sen-Maksimenning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu sababli, hujumchi jamoani tark etganidan so‘ng klub ispaniyalik vinger bilan muzokaralarga kirishmoqchi. 
 
"Ko‘k-anorranglilar" ham moliyaviy muammolar va futbolchining sport formasidan kelib chiqqan holda, qishki transferlar oynasida qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Biroq, manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Fati kataloniyaliklar safida qolishga qaror qabul qilib, o‘yin amaliyoti uchun kurashmoqchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli qanot hujumchisi bu mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa ham, hali gol ura olgani yo‘q. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 10 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!