Mourin'yo bir qarori bilan mashhur yulduzni “Real”da olib qoldi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni kelasi mavsumda ham jamoada qoladi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo fransiyalik futbolchiga kelasi mavsumda asosiy tarkibdan doimiy o‘rin bermoqchi.
Qayd etilishicha, madridliklar tajribali yarim himoyachini sotib yubormoqchi edi. “Manchester Yunayted” va “Liverpul” yozgi transfer oynasi davomida Tchuameni vaziyatini diqqat bilan kuzatib, uni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgandi.
Biroq “Real” Enco Fernandez va Rodri kabi yarim himoyachilarni xarid qilish rejasidan voz kechgach, Mourinyo asosiy e’tiborni himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaratgan.
Shu sababli Tchuamenining jamoani tark etishi deyarli istisno qilingan. Futbolchining o‘zi ham transfer talab qilmagan va “Real”ning asosiy tarkibida mustahkam o‘rin egalashni maqsad qilgan.

Fikrlar