Mourino bo‘ldi, yangi o‘yinchi so‘rayverma!

  • 24 noyabr, 2022, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino har transfer mavsumi oldidan jamoani kuchaytirish va yangi bosqichga ko‘tarish uchun boshqa futbolchilarni sotib olish lozimligini talab qilib keladi.

Xususan, portugaliyalik murabbiy qishki transferlar vaqtida ham bir necha futbolchilarni olishni ko‘zlayapti. Kuni kecha “Roma” birinchi transferini e’lon qildi va jamoa safiga “Budyo-Glimt” bilan shartnomasi yakunlangan Ola Solbakken qo‘shildi.

Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto Mourinoning yangi o‘yinchilar haqidagi talabiga javob qaytardi.

- Albatta, biz bosh murabbiyning fikrini qabul qilamiz. Lekin shu bilan birga moliyaviy feyr-pley qoidalarini chetlab o‘tmasligimizni ham inobatga olish kerak, - dedi Tyagu Pinto.

“Roma” joriy yilning o‘zida Paulo Dibala, Mile Svilar, Jorjino Veynaldum, Nemanya Matich, Zekin Mehmet Chelik, Andrea Belotti, Ola Solbakkenni o‘z safiga qo‘shib oldi. Lekin Mourino yana yangi o‘yinchi tanlash bilan band.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!