Mourino bu hujumchini olib qoladigan bo‘ldi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino universal hujumchi Nikolo Dzanoloni jamoa olib qolishga qaror qildi.
La Repubblica nashrining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis italiyalik futbolchining mavsumoldi yig‘inlarida ishga professional tarzda yondoshgani va yuqori funktsional tayyorgarligidan hayratga tushgan va hujumchi haqidagi fikrlarini o‘zgartirgan.
Avvalroq, Mourinoning o‘zi Dzanologa boshqa jamoaga o‘tishni maslahat bergandi.
Yozgi transferlar mavsumining katta qismida “Yuventus” 23 yoshli hujumchini olish uchun ancha harakat qildi.
Lekin futbolchini 50-60 million evroga baholagan rimliklar turinliklarning transferga “Yuventus” o‘yinchilarini qo‘shib berish bo‘yicha bir necha taklifini rad etdi.
Ayni paytda, Dzanologa “Tottenxem” da’vogarlik qilmoqda. Angliyaliklar bu futbolchi uchun “Yuventus”dlan ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor.
Shunga qaramay, Joze Mourino Italiya terma jamoasi o‘yinchisini Rimda qoldirishini bildirdi.



Fikrlar