Mourino "Byornli"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan Beyl haqida nimalar dedi?
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino bugun “Byornli” (4:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ushbu o‘yinda dubl qayd etgan Garet Beyl haqida gapirib o‘tdi.
“Bu joriy mavsumdagi eng yaxshi Beyl edi. U o‘ziga ishongan, juda yaxshi holatda va o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Men jamoamdan xursandman. Beyl haqiqatan ham "Tottenxem" muxlislariga quvonch baxsh etmoqchi, bu uning uchun alohida ahamiyatga ega jamoa”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Beylning transfer huquqi “Real”ga tegishli va u joriy mavsumni “Tottenxem” safida ijarada o‘tkazmoqda.



Fikrlar