Mourinyo “Chelsi”ni uchinchi marta boshqarishga tayyor
Angliya Premier-ligasida beshinchi o‘rinda borayotgan “Chelsi” qoniqarsiz natijalar ortidan bosh murabbiy Enzo Mareskani iste’foga chiqarib yubordi.
Ayni paytda klub mutasaddilari bosh murabbiy qidirmoqda. Bu vaziyatda Joze Mourin’yo Londonga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqida Indykaila News X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Turkiyada “Fenerbahche” bosh murabbiyligidan ozod qilingandan keyin Portugaliya chempionati vakili “Benfika”ni qabul qilib olgan Mourin’yo “aristokratlar” taklifini kutmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis “Chelsi”ni o‘zining haqiqiy yoqtirgan jamoasi, deb hisoblaydi va yana bu jamoa bosh murabbiyi bo‘lishni istaydi.
Shu bilan birga, ayrim manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, “Chelsi” Joze kutgan taklifni bermasligi mumkin. Chunki ularga zamonaviy uslubda ishlaydigan murabbiy kerak.
Mourin’yo “Chelsi”ni 2004–2007 hamda 2013–2015 yillarda boshqargan. Keyingi paytda aksariyat ekspertlar portugaliyalik mutaxassisga qator g‘alabalarni keltirgan futbol uslubini zamondan ortda qolganini aytib, tanqid qilishi ko‘p uchramoqda.
Fikrlar