Mourino chetlatilgan va mag‘lub bo‘lgan o‘yinidan so‘ng: "Chempionlar ligasi haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q"

  • 1 mart, 2023, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Kremoneze"ga uchralgan mag‘lubiyat (1:2)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"O‘yin oldidan yigitlarga bu xuddi mavsumning oxirgi uchrashuvi kabi maydonga tushishlarini aytgandim. Agar g‘alaba qozonsak, chempionlar ligasida bo‘lamiz, dedim. Ammo biz mag‘lub bo‘ldik. 

Men har bir bahs oldidan faqat bitta bellashuv haqida bosh qotiraman. Chempionlar ligasi to‘g‘risida o‘ylashga vaqtim yo‘q. 

Bugun "Kremoneze"ga qanday yutqazganimizni tahlil qilishdek og‘ir ish kutmoqda bizni. "Yuventus" bilan kechadigan uchrashuvga keyinroq to‘xtalamiz", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!