Mourino dahshatli kambekdan so‘ng nimalar dedi?
Angliya Premer-ligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Tottenxem" va "Vest Xem" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Dramatik kechgan bahs 3:3 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Joze Mourino o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Ishonish qiyin, ammo bu haqiqat. Biz o‘z qo‘limizda turgan 2 ochkoni boy berdik. Futboldagi ba’zi vaziyatlarni so‘z bilan tushuntirish juda mushkul. Biz 3 ta gol farqi bilan oldinda bo‘la turib, ochko yo‘qotdik. Bu biz uchun juda jiddiy jazo
Yigitlarning ruhiy holati men kutganchalik mustahkam emas. Men ularga standart vaziyatlarda xushyorroq bo‘lish lozimligini aytgandim. Chunki raqib bu tomonlama yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Ular bunga haqli edi. "Vest Xem"ni tabriklayman".

Fikrlar