Mourino faxrliy natija qayd etdi

"Tottenxem" klubi Evropa ligasining 2-saralash bosqichi doirasida Plovdivning "Lokomotiv" jamoasi ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g‘alaba London klubining bosh murabbiyi Joze Mourino uchun Evrokuboklardagi 100-si bo‘ldi.

Portugaliyalik mutaxassis ushbu ko‘rsatkichning 30 tasini "Chelsi"da, 24 tasini "Real"da, 18 tasini MYuda, 16 tasini "Portu"da, 10 tasini "Inter"da va 2 tasini "Tottenxem"da qayd etgan.

57 yoshli murabbiy 2019 yildan buyon, "shporlar"ga ustozlik qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!