Mourino ijaradagi futbolchini jamoada olib qolmoqchi

  • 10 aprel, 17:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino "Yuventus" yarim himoyachisini tarkibda saqlab qolishni xohlamoqda. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar berdi.

Portugaliyalik mutaxassis klubdan 32 yoshli serbiyalik futbolchi Filip Kostichni to‘liq sotib olishni so‘radi. Sentyabr oyi o‘rtalaridan beri Kostich "Fenerbaxche"da ijara asosida to‘p tepib kelmoqda.

"Fenerbaxche" yozda Filipp Kostichni "Yuventus"dan taxminan 4-5 million evroga sotib olishi mumkin.

Tecno

Ma’lumot uchun, futbolchi Turkiya jamoasi safida 29 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va hamda ettita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!