Mourino kashf qilgan hujumchi “Roma”dan ketadi!
Joze Mourino qo‘l ostida “Romsa”da debyut qilgan 19 yoshli Feliks Afena-Gyan faoliyatini boshqa klubda davom ettiirishga yaqin.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, A Seriyaga qaytgan “Lechche” o‘z hujum chizig‘ini Feliks yordamida kuchaytirmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, klublar ijara bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda va tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
“Lechche” mutasaddilari Afena-Gyanni keyinchalik sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Yosh hujumchi yakunlangan mavsumda A Seriyada 12 ta uchrashuvda ikkita gol urishga erishdi.

Fikrlar