
Mourino ketsa, men ham ketaman!
Joze Mourino mavsum oxirida “Roma”ni tark etishi kutilmoqda. Chempionat yakunlanganidan keyin portugaliyalik mutaxassisning shartnomasi ham oxiriga etadi.
Rim klubi rahbariyati 2021 yildan beri ishlayotgan murabbiyga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. Jozening o‘zi ham omadini boshqa klublarda sinab ko‘rmoqchi. U loyiha avvalida o‘ziga yuklatilgan vazifani uddalay olmadi.
“Roma” xo‘jayinlari unga jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasini yuklagan edi. Hali bu topshiriq uddalangani yo‘q.
Jamoa yulduzlaridan biri Temmi Abraxam ham Mourino jamoani tark etsa, “Roma”da qolmasligini bildirdi.
Teamtalk nashrining ma’lum qilishicha, forvard portugaliyalik murabbiy ketishini aniq bo‘lganidan keyin Angliya Premer-ligasiga qaytmoqchi. Temmiga anchadan beri Angliya klublari qiziqish bildirib keladi.
Fikrlar