
Mourino liga rahbariyatini keskin tanqid qildi
A Seriyaning o‘ninchi turida “Roma” Milan shahrida “Inter” mehmoni bo‘lib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Joze Mourino shogirdlari 81-daqiqada yagona golni o‘tkazib yubordi.
Mag‘lubiyatidan keyin Rim jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya rahbariyatini keskin tanqid qildi.
- Liga dushanba kuniga emas, yakshanbaga o‘yin qo‘yib, bizga yana bir syurpriz qildi. Biz bu o‘yinga jamoamizning yarmi bilan keldik. O‘yinchilarning hurmati yo‘qligidan afsusdaman.
Charchoq yig‘ilib qolgani va uchrashuvga tayyorlanish uchun vaqt kamligiga qaramay, yigitlar juda muhim o‘yinda qatnashdi.
Nafaqat menda, balki stadionga kelgan muxlislarda ham o‘yin durang bilan tugaydigandek hissiyot paydo bo‘lgandi. Jamoam bor qiyinchiliklarni enga oladi. Bu o‘yinda biz ko‘prog‘iga loyiq edik, - dedi Joze Mourino.
Fikrlar