Mourin'yo: "Meni oʻz serialingizga tortishni bas qiling
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi gaplarga javob berdi.
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniyaga qaytishi haqidagi mish-mishlarga keskin javob qaytardi. Bir necha kun avval "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres portugalik murabbiyni ortga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar OAVni tarqalgan edi. Mutaxassis shanba kuni "Rui Ave"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarning "Real"ga ketsanmi degan savoliga, "Real"ga qaytish? Meni o‘z seriallaringga tortishni bas qiling", dedi Mourinyo.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso iste’foga chiqarilgandan so‘ng,uning o‘rniga Alvaro Arbeloa "qirollik klubi"ni boshqarib kelmoqda.
Fikrlar