
Mourino Portugaliyaning JChdagi imkoniyatlarini baholadi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
- Portugaliya termasi JCh-2018da g‘alaba qozonishi mumkinmi?
– Portugaliya Evro-2016da g‘alaba qozondi, bu esa bizning termamiz dunyoda eng zo‘r ekanligimizdan dalolat beradi. Portugaliyada qobiliyatli yoshlar ko‘p. Ikki yil oldingi tarkibdan jamoaning bugungi tarkibi kuchliroq deb o‘ylayman. Jamoamiz hamma narsaga qodirdir!
- Bir necha yil oldin charchaganingizda Portugaliya terma jamoasini boshqarishingizni aytib o‘tgandingiz?
- Bugungi kunga kelib hech qanday charchoqni his etayotganim yo‘q. Xozirda, klubda bosh murabbiy bo‘lish mening ishim. Har hafta va har kuni mashg‘ulotlarda bo‘lish meni chiniqtiradi, - deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi GQ nashri.
Fikrlar