Ular juda ayyor! Mourino “Udineze”dan qo‘rqyapti

  • 04.09.2022 22:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriyaning beshinchi turida “Roma” safar uchrashuvida “Udineze” bilan kuch sinashadi. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino raqib o‘yinchilarning ayyorligi hakamga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini aytib o‘tdi.

- “Udineze juda kuchli jamoa. Ligadagi eng murakkab raqiblardan. Bu jamoa qanday o‘ynashni biladi. Ular aqlli va ayyor. Ularda hakamga ta’sir o‘tkazish uchun aqlu-zakovat va katta tajriba bor, - dedi Joze Mourino.

“Udineze” va “Roma” o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

“Roma” chempionatning dastlabki to‘rtta uchrashuvida uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgan. Bugungi o‘yindagi g‘alaba poytaxt jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!