Mourinyo “Real”da faqat xudbin bo‘lmagan futbolchilarni o‘ynatadi

  • 02.06.2026 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” jamoasini qabul qilib olishi kutilayotgan Joze Mourinyo klubning yozgi transfer siyosati bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi.

Diario AS nashrining ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga tarkibni kuchaytirish uchun yulduz futbolchilarni xarid qilishga qiziqmasligini aytgan.

Mourinyoning ta’kidlashicha, unga mehnatkash, maydonda bor kuchini beradigan va jangovar ruhga ega futbolchilar kerak.

U shuningdek, qo‘l ostida katta egoga ega bo‘lmagan futbolchilarni ko‘rishni istaydi. Murabbiy yuqori motivatsiyali va jamoaviy ruhga ega futbolchilar jamoasini shakllantirishni xohlamoqda.

Eng muhimi, tarkibdagi o‘yinchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar, Mourinyoning intensiv futbol bo‘yicha talablariga to‘liq javob berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!