Mourino “Real”ga xabar jo‘natdi

  • 6 may, 2022, 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Konferentsiyalar ligasi yarim finalida “Lester”ni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqqan “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Real”ni boshqarayotgan hamkasbi Karlo Anchelottiga murojaat qildi.

Tecno

Ma’lumki, italiyalik mutaxassis boshqaruvidagi “Real” Chempionlar ligasi yarim finalida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Manchester Siti”ni 6:5 hisobida engib, eng nufuzli turnirning finaliga yo‘llan olgandi.

- Do‘stim va hamkasbim – buyuk Karlettoga (Karlo Anchelotti) xabar yo‘llashimga ijozat bering. Kel do‘stim, o‘zimiz ishtirok etadigan finallarni yutaylik!, - dedi Joze Mourino.

“Real” Chempionlar ligasining finalida “Liverpul” bilan kuch sinashadi. Hal qiluvchi o‘yin 28 may kuni Parijda tashkil etiladi.

“Roma” Konferentsiyalar ligasining hal qiluvchi bahsida “Feyenoord”ga qarshi o‘ynaydi. So‘nggi bahs 25 mayda Albaniyaning Tirana shahrida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!