Mourino "Roma" rahbariyatidan nima xohlaydi?

  • 01.06.2021 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma A Seriyada qolishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 22 yoshli italiyalik posbon uchun kurashga “Roma” ham qo‘shilmoqchi. Aniqrog‘i, Donnarummani “Roma”ning yangi ustozi Joze Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayapti. Portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan Italiya terma jamoasi darvozabonini sotib olish uchun mablag‘ ajratishni so‘ramoqda.

Shu o‘rinda joriy oy “Milan” bilan shartnomasi yakunlanadigan va erkin agentga aylanadigan Donnarummaga “Barselona”, “Yuventus” va PSJ klublaridan ham jiddiy takliflar borligi haqida turli xabarlar bor.

Donnarumma ortda qolgan mavsumda A Seriyada jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi. U shularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!