Mourino: Ronaldu - hafta qahramoni

  • 14.03.2019 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik mashhur murabbiy Joze Mourino “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni "Atletiko"ga (3:0) qarshi EChL 1/8 final javob bahsida ko‘rsatgan o‘yini haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Menimcha Ronalduni hafta qahramoni deb atashimiz mumkin. Ha, bu jamoaning fantastik o‘yini edi. Ammo, Ronalduning harakatlarisiz buning imkoni yo‘q edi. “Atletiko”ga gol urish qanchalik qiyinligini inobatga olsak, u shu kuni o‘z imkoniyatlaridan ikki barobar ko‘proq harakat qildi”, - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu kecha “matraschilar” darvozasini 3 marta ishg‘ol etib, jamoasini chorak finalga olib chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!