Mourino: "Tottenxem", "Ayaks" va "Portu" Chempionlar ligasida uzoqqa borishi mumkin

  • 8 mart, 2019, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino joriy mavsum EChLda qaysi jamoalar syurpriz qilishi mumkinligi haqida gapirdi.

Tecno

“Chorak finalchilarning barchasida g‘oliblik uchun teng imkoniyat bo‘ladi. Chempionlik uchun favorit deya e’tirof etilayotgan “Real” va PSJ musobaqa bilan xayrlashdi. Kelasi hafta “Liverpul” yoki “Bavariya” ham ular qatoriga qo‘shiladi.

Masalan “Tottenxem” uzoqqa borishi mumkin, ammo  finalga qadar etib borib sensatsiya qilishi mumkin bo‘lgan “Ayaks” va “Portu” haqida ham unutmaslik lozim”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" 1/8 finalda "Borussiya" Dortmundni, "Ayaks" "Real"ni, "Portu" esa "Roma"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!