
Mourino: Tuzukroq o‘ynaysanmi yoki “Real”ga borib, zaxirada o‘tirasanmi?
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino mashg‘ulotlarning birida klubga katta umidlar bilan olib kelingan, lekin hech kimning ishonchini oqlay olmayotgan Garet Beylga tanbeh berdi.
- Sen shu erda qolishni istaysanmi yoki “Real”ga qaytib, futbol o‘ynamoqchi emasmisan?, - dedi bosh murabbiy.
Zinedin Zidan bilan chiqisha olmagani ortidan “Real”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan 31 yoshli hujumchi 2020 yilning 19 sentyabr kuni “Tottenxem”ga qaytgan edi. Biroq, Mourino qo‘l ostida ham o‘yini chiqmayapti. Beyl Angliya premer-ligasida to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi. Evropa ligasida esa, oltita bahsda raqiblar darvozasini bir bor aniq nishonga oldi.
Fikrlar