Mourino uning “Roma”da qolishini istamoqda

  • 2 iyun, 2022, 18:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan Janluka Manchini “Roma” klubi bilan hamkorlikni uzaytirish arafasida turibdi.

Tecno

Ayni paytda klub mutasaddilari italiyalik himoyachi agentlari bilan muzokarani yakunlash arafasida turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub 26 yoshli futbolchiga 20207 yilning yoziga qadar davom etadigan shartnoma beradi va maoshini oshiradi.

Manchini aslida “Fiorentina” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy himoya, tayan zona va o‘ng qanotda ishonchli o‘yin namoyish qila oladigan futbolchi 2019 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manchini bungacha “Perudja” va “Atalanta” jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblangan Janluka mavsumda 45 ta uchrashuvda qatnashdi va Konferentsiyalar ligasida bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
03/06/2022 14:50
20207 йилгача