Mourino va "Tottenxem" nega ogohlantirildi?

  • 8 aprel, 2020, 15:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino boshchiligidagi “Tottenxem” klubi hukumatning koronavirus tufayli joriy etgan karantin qoidalariga zid mashg‘ulotlar olib borayotgani uchun ogohlantirildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik mutaxassis sport kiyimida mashg‘ulot o‘tkazayotgan jarayoni aks etgan videolavhalar paydo bo‘ldi. Ushbu videoda “shporlar”ning ikki nafar futbolchisi - Davinson Sanches va Rayan Sessenonlar 2 metrlik oraliq masofani saqlamasdan yonma-yon yugurayotganliklari aks etgan.

Britaniya hukumati pandemiya davrida ochiq havoda faqatgina bir oila vakillari birga mashg‘ulot o‘tkazishiga ruhsat bergan.

“Barcha futbolchilarimizga ochiq havodagi mashg‘ulotlar paytida oraliq masofa saqlashlari lozimligi uqtirildi”, - deyiladi “Tottenxem” vakili.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!