Mourino "Yuventus"ni boshqarishni xohlamayapti

  • 23.05.2019 11:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino "Yuventus"ni boshqarishni xohlamayapti. Bu haqda AS nashri ma’lum qilmoqda.

Bundan avvalroq Mourino nomzodini turinliklar rahbariyatiga hujumchi Krishtianu Ronaldu taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etish lozimki, Ronaldu va Joze o‘z vaqtida “Real” Madridda birga faoliyat olib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 2018 yilning dekabrida “Manchester Yunayted”dan iste’ofga chiqarilganidan buyon ishsiz hisoblanadi. "Yuventus"ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri esa mavsum yakunlangach o‘z lavozimini tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!