Mourinoga butsamni otib yubordim!

  • 21 sentabr, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining mashhur referisi Mark Klattenburg hakamlik faoliyati davomida “Manchester Yunayted”ga ustozlik qilgan Joze Mourino bilan bo‘lgan mojaro haqida gapirib berdi.

Tecno

48173207

Portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni 2016-2018 yillar davomida boshqargan, lekin manchesterliklarni chempion qila olmagan. Mourino davrida “Manchester Yunayted” Futbol ligasi kubogi, Angliya Superkubogi va Evropa Ligasida zafar quchgan xolos.

Barchamiz bilamizki, Joze Mourino xarakteri og‘irligi va tili o‘tkirligi bois ko‘p marta ziddiyatli vaziyatlarga tushib qolgan. U futbolchilar, hakamlar, murabbiylar va hatto klub rahbarlarini ham ayab o‘tirmaydi.

Mark Klattenburg tilga olgan voqea 2017 yilning yanvarida sodir bo‘lgan. Shu mojarodan bir oy o‘tib, mashhur hakam o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi. Bunda, albatta, Joze Mourinoning ham kattagina “hissa”si bo‘lgan. Klattenburgning hakamlikni davom ettirishiga asablari dosh bermay qo‘ygandi.

Klattenburg shunday eslaydi:

Mendan Angliya Premer-ligasini tashlab ketishimga sabab bo‘lgan uchrashuv haqida ko‘p so‘rashadi. Hammasiga qo‘l siltab, meni faoliyatimni to‘xtatish haqidagi qarorimga yaqinlashtirgan o‘sha vaziyatni ko‘p esga olaman.

350899

Bu “Manchester Yunayted”ning 2017 yil 21 yanvarda “Stouk Siti”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi edi. O‘sha o‘yinda Ueyn Runi bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda jarima zarbasidan gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolish bilan birga ser Bobbi Charltonning “Manchester Yunayted”dagi to‘purarlik rekordini yangilagandi.

Uchrashuv yakunlanganidan keyin mening kiyim almashtirish xonamning eshigi taqilladi va “Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino kirib keldi. Men o‘sha payt butsalarimni echayotgan edim.

- Bu gal xursand bo‘lgandirsan. Har holda durangda meni ayblay olmaysan, shunday emasmi?, - dedim.

Mourino “Ayblayman!”, - dedi va “Stouk Siti” himoyachisi Rayan Shoukross o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘li bilan o‘ynagani haqida gapira boshladi.

- Nimalar deyapsan? Men to‘g‘ri yo‘l tutdim va buni aniq bilaman, - dedim.

U esa “Yo‘q, men video tasvirlarni ko‘rdim, sen xato qilding”, - dedi.

Joze meni ayblashdan to‘xtamadi, gapirishdan to‘xtamadi, ovozini ko‘tardi. Jahlim chiqib, butsani unga otib yubordim. Shundoq yonginasiga – devorga tegdi.

- Mening xonamdan yo‘qol, - dedim.

Mourino o‘chib qoldi. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim.  Menga endi baribir edi. U nima deyishni bilmasdi. Hamma narsadan, qitmir o‘yinlardan to‘yib ketgandim.

Mashinamni minib, uyga etib borguncha Shoukross bilan bo‘lgan vaziyatni o‘yladim. O‘yin tahlilini ko‘rdim va men to‘g‘ri qaror qabul qilganimga amin bo‘ldim. To‘p futbolchining ko‘kragiga tekkan edi. Unda nega Mourino o‘zini anqovlikka soldi?

Uyquga yotish oldidan oxirgi nuqtaga etib kelganimni his qildim. Endi bu ahmoqlar bilan teng bo‘lmayman, degan qarorga keldim...

20170216_gaf_u56_1047-pic_32ratio_600x400-600x400-73542

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Angliyaning eng mashhur hakamlaridan bo‘lgan Mark Klattenburg 2004-2017 yillar davomida premer ligada jami 292 ta uchrashuvda hakamlik qilgan.

Shomurodov tanqid ostida qoldi!

Supergol urgan legionerimiz nimalar dedi?

Legionerimizning “kulgili goli" asosiy raqibni tiz cho‘kdirdi

Chempionlar ligasida zafar quchgan Yaxshiboev jamoasi haqida antiqa ma’lumot

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
20/09/2021 20:09
300тага етказиб куйса яхши буларди