Mourinoning sevimli shogirdi raqib jamoani tanladi

  • 15 may, 2022, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matich klub rahbariyatiga ketmoqchiligini e’lon qilganidan keyin unga bir necha takliflar kelib tushdi.

Tecno

Xususan, serbiyalik futbolchiga “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da ustozlik qilgan Joze Mourino tajribali yarim himoyachini “Roma”ga chaqirayotgan edi.

Nemanya Matich Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi. Faqat ko‘pchilik kutganidek, “Roma”ga emas.

31 yoshli futbolchi kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Yuventus”ni tanladi.

Matich Turinga erkin agent sifatida keladi. Shartnoma imzolagani uchun 12 million evro miqdorida bonus oladi. Keyin har hafta 105 ming evro maosh beriladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!