
Mourinoning uslubi juda xunuk!
"Bayer" yarim himoyachisi Karim Demirbay Evropa ligasi yarim finalida "Roma"ga qarshi kechgan javob uchrashuvi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, Leverkuzendagi uchrashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi, ammo Rimdagi g‘alaba evaziga “bo‘rilar” final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
“Afsuski, turnirning ushbu bosqichida “Roma”nikiga o‘xshagan uslublar muvaffaqiyat keltirmoqda. O‘yin oxirida ular juda ham xunuk futbol ko‘rsatishdi”, - dedi Demirbay.
Aytish kerakki, so‘nggi uchrashuvda Rim klubi “Bayer” darvozasiga butun 90 daqiqa davomida bor yo‘g‘i bitta zarba yo‘llagan.
Evropa ligasining final uchrashuvida “Roma” va “Sevilya” klublari o‘rtasida kechadi. O‘yin 31 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar