Mourinyuning assistentini "Benfika"ga chorlashmoqda
17 yildan buyon Joze Mourinyuga assistentlik qilib kelayotgan Ruy Faria o‘zining alohida murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 42 yoshli portugaliyalik mutaxassisga Lissabonning “Benfika” klubi taklif bilan chiqdi.
“Burgutlar” rahbariyati ayni damda jamoa bosh murabbiyi hisoblangan Ruy Vitoriyaning ishidan norozi bo‘lmoqda. Qayd etish lozimki, Vitoriya boshqaruvidagi jamoa joriy mavsum birorta ham sovringa ega bo‘la olmadi.



Fikrlar